Veb-ilova va veb-sayt nima? Va farqi nimada?

Post image

Rostini aytsam, bir maʼnoli javob yoʻq - har bir dasturchi yoki tashkilot bu ikki tushunchani turlicha qabul qiladi, lekin umumiylikni baribir aniqlash mumkin, masalan:

Veb-sayt - bu odatda oʻzida murakkab mantiqni saqlamaydigan qandaydir axborot resursidir. Veb-saytning asosiy vazifasi tashrif buyuruvchini kontent berish orqali (matn, rasmlar) biror narsa haqida xabardor qilishdir. Bunday saytlarga misol sifatida turli bloglar, forumlar, sayt-vizitkalarni keltirish mumkin. Ular oxirgi foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqani nazarda tutmaydi.

Пример веб-сайта

Veb-ilova aksincha, foydalanuvchi bilan faol oʻzaro aloqani, undan qandaydir maʼlumotlarni olish, ushbu maʼlumotlarni qayta ishlash, yozib olish va natijalarni berish (shart emas) koʻrinishida nazarda tutadi. Misol sifatida Google Docs, Google Translate xizmat qilishi mumkin. Ammo koʻpincha, veb-ilovalar qandaydir biznes vazifalari uchun yaratiladi va ommaviy foydalanishni nazarda tutmaydi, Intranetda (tashkilotning korporativ tarmogʻida) joylashadi, masalan, avtomatik hisobot yoki xodimlar statistikasi uchun ilovalar.

Современные веб-приложения могут быть сохранены на мобильный телефон не как сайт, доступный в браузере, а как родное приложение. Вау! Стоит написать его один раз и он будет нормально доступен на любой платформе!

Aslida, oxirgi isteʼmolchi nima ishlatayotgani, veb-saytmi yoki veb-ilova ekanligi haqida oʻylab ham oʻtirmaydi. Tarmoqdagi har qanday resursning asosiy vazifasi foydalanuvchi kutgan narsani qilishdir.

Unda savol tugʻiladi: "Xoʻsh, biznes nuqtai nazaridan nimani tanlash kerak?"

Agar siz kompaniyangiz haqida maʼlumot, uning tavsifi, yangiliklar va aloqa maʼlumotlarini joylashtirmoqchi boʻlsangiz, veb-saytni tanlashingiz mumkin. U nisbatan arzon turadi - 100$ dan ~1000$ gacha (dizayn murakkabligiga qarab).

Agar siz resursingiz foydali funksiyani bajarishini istasangiz, masalan internet-banking yoki onlayn fotoshop (unda oddiy fotoshopda qiladigan barcha ishlarni bajarish mumkin boʻlsa), unda veb-ilovarni tanlang. Toʻgʻri, u saytdan ancha qimmat turadi, chunki u yerda bir dunyo mantiq bor. 3000$ dan ∞ (Bu cheksizlik belgisi) gacha.

Dasturchilar jamoasi

Sizga yoki biznesingizga nima kerakligini aniqlab olganingizdan soʻng, bunday ishni kimga ishonib topshirish mumkinligini hal qilish kerak. Agar sizga veb-sayt kerak boʻlsa, kichik autsorsing kompaniyasini yoki hatto bunday vazifalarga ixtisoslashgan frilanser dasturchini yollashingiz mumkin. Bunday jamoalar yoki frilanserlar individual (shart emas) dizaynga ega veb-saytni ishlab chiqishni qiyinchiliksiz uddalaydilar.

Ammo agar sizga foydalanuvchi bilan zich aloqada boʻladigan, oddiy boʻlmagan mantiqqa va murakkab maʼlumotlarni saqlashga ega veb-ilova yaratish kerak boʻlsa, unda veb-ilovalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan jamoani qidirishingiz kerak.

Oʻrganish

Murakkab boʻlmagan saytlarni qilishni oʻrganish uchun, mustaqil taʼlim, maqolalar va hujjatlarni oʻqishga bir necha oy sarflash yetarli va siz oddiy veb-saytni yarata olasiz.

Shundan soʻng, veb-ilovalar olamini yanada oʻzlashtirish uchun dasturlashni oʻrganishga kirishingiz mumkin. Ammo buni ustoz yoki mentorsiz qilish gʻoyat qiyin boʻladi, shuning uchun shunday odamni topishni maslahat beramiz.

2019-2026 «Endpoint» MChJ. Barcha xizmatlar litsenziyalangan
STIR: 306 410 506