
Eh, qanday davrlar edi-ya! 90-yillar, Internet shunchaki HTML-sahifalarning tinchgina kutubxonasi boʻlgan, dinamikadan esa faqat tashrif buyuruvchilar hisoblagichi va lip-lip oʻchib yonadigan GIF-lampochka bor edi. Bugun-chi? Tasmani (lentani) mukammal "qizarish darajasi"ni joylayotgan neonli toster, xoʻjayinining dangasaligidan shikoyat qilayotgan fitnes-krossovka va Android 3000 da qanday skrinshot qilishni oʻrgatish uchun bilimlar grafigini titkilayotgan bulutli servis toʻldirib tashlashi mumkin.
Nima roʻy berdi? Tarmoqda mualliflarning yangi turi paydo boʻldi: odamlar emas, balki narsalar. Boz ustiga, narsalar shunchaki koʻrsatkichlarni yuboribgina qolmay, servislar va bizning odatlarimiz bilan boʻladigan muloqotda faol ishtirok etmoqda. Keling, qanday "internetlar" borligini, ular qanday paydo boʻlganini va qayerga qarab ketayotganini koʻrib chiqamiz.
Internet endigina kuchayib borayotgan paytda (ha, shunday payt ham boʻlgan — TikTok va YouTube dan oldin), u birinchi navbatda odamlar haqida edi. Biz forumlarda yozardik, bloknotda HTML yordamida saytlar yaratardik va Shvetsiyadan kimdir bizning borsh retsepti yozilgan sahifamizga kirsa, xursand boʻlardik.
Internet of People (IoP) — kontent manbai faqat biz va siz boʻlgan internet mana shu. Maqolalar, fotosuratlar, bloglar, videolar — bularning barchasini odamlar yaratgan. Biz bir vaqtning oʻzida ham isteʼmol qildik, ham ishlab chiqardik.
Messenjerdagi birinchi xabaringiz — bu allaqachon IoP: muallif — tirik inson. Ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, fan-artlar — maʼlumotlarning barcha bu insoniy "shovqini" mashina gʻuvillashidan farq qiladi.
Vaqt oʻtishi bilan biz shunchaki internetda oʻtirmasdik — internet bizning oramizda "oʻtiradigan" boʻldi. Tarmoqqa shunchaki ulangan emas, balki oʻzaro muloqot qiladigan qurilmalar paydo boʻldi.
Bu endi boshqa maxluq — Internet of Things (IoT). Atamani 1999-yilda britaniyalik Kevin Eshton Procter & Gamble menejerlariga RFID-belgilarni sotayotganda taklif qilgan — "keling, narsalarni oʻzi gapiradigan qilamiz", degandek.
Internet of Things — bu qurilmalar haqida. Datchiklar, kameralar, lampochkalar, muzlatgichlar, kofemashinalar, bilaguzuklar, budilniklar va internetda toʻsatdan maʼnoli (sal qoldi) biror narsa qila boshlagan boshqa texnikalar haqida. Har bir shunday qurilma — ulkan raqamli mashinaning kichik murvati. U maʼlumot uzatadi: harorat, namlik, harakat, puls, elektr sarfi haqida va baʼzan hatto oʻzi qaror qabul qiladi. Masalan: "O! Harorat tushib ketdi — isitishni yoqaman."
Mana shu joyi qiziq. Ilgari kontent — bu matnlar, videolar, musiqa edi. Hozir esa — maʼlumotlar (data). Va bu maʼlumotlarning manbai tobora inson emas, balki mashina boʻlmoqda.
Internet shu darajada rang-barang boʻlib ketdiki, uni mazmuniga koʻra boʻlishni boshlashdi. Mana bir nechta qiziqarli tarmoqlar:
Bu qurilmalar shunchaki maʼlumot almashmaydi, balki xizmatlarni taklif qiladi. Masalan, ilovada tugmani bosdingiz — robot-changyutgich tozalashni boshladi. Yoki myTaxi orqali taksi chaqirdingiz — va haydovchi keldi (qachon endi uchuvchisiz mashina kelarkin?!).
Bu esa bizga, IT-chilarga yaqinroq. Bu yerda gap taqsimlangan bilimlar tizimi haqida ketmoqda. Misol — Vikipediya, taʼlim platformalari, AI tizimlari. Odamlar, qurilmalar, algoritmlar — barchasi umumiy bilimga hissa qoʻshadi. Va biz hammamiz bunga ulanishimiz mumkin.
Internetni miya deb tasavvur qiling, u yerda har bir ulangan tugun — bu neyron. Kimdir faktni saqlaydi, kimdir signal uzatadi, kimdir qaror qabul qiladi.
Bu esa, aytish mumkinki, final boss (asosiy raqib). Oldingilarning barchasidan iborat kombo: odamlar, narsalar, servislar, bilimlar, hatto his-tuygʻular va xulq-atvor — barchasi bitta katta tizimga, yaxlit "raqamli shoʻrva"ga birlashadi. Gap faqat bosh oshpaz kim boʻlishida. Hozircha fantastikadek tuyuladi, ammo... biz oʻsha tomonga ketyapmiz.
Bir-ikki yildan soʻng, kafeda oʻtirib, telefondan kofe buyurtma qilishni soʻraysiz. Telefon soʻramasdan jadvalni tekshiradi, robot-kuryerni chaqiradi, toʻlovni esa Payme yoki Click API orqali oʻtkazadi. Bu biz qurilmalardan nima qilishimizni emas, balki qanday foydalanishimizni tahlil qilish ortidan haqiqatga aylanishi mumkin. Ha-ha, yana bir atama bor — Internet of Behaviors (IoB) - Xulq-atvor interneti.
Bir tomondan, bu qulay. Boshqa tomondan — biroz qoʻrqinchli. Bizni robotlar bosib oladi!
Ha, qurilmalar maʼlumot yaratadi, lekin hozircha ular bilan nima qilishni biz hal qilamiz. Va bu muhim.
Keyingi safar choynagingiz Wi-Fi ga ulanganda, eslang: u shunchaki suv isitmaydi. U narsalar shunchaki narsa emas, balki internetning soʻzlovchi ishtirokchilari boʻlgan raqamli reallikni yaratishda qatnashmoqda. U bilan gaplashishdan qoʻrqmang - balki uning qaynash haqida ajoyib hazillari bordir!